14 jan 14:41
Yangiliklar
Xabi Alonso istefosining tafsilotlari oshkor qilindi
Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan qabul qilingan mag'lubiyatdan (2:3) so'ng, Alonso klub qarorgohiga chaqirilgan. U erda bosh direktor Xose Anxel Sanches mutaxassisga hamkorlik to'xtatilganini malum qilgan. Bunga javoban Alonso ushbu qarorga mutlaqo qo'shilmasligini, uni adolatsiz va noto'g'ri deb hisoblashini bildirgan. SHuningdek, u o'z ketishining sabablarini klub ichidagi "galaktikos qudrat madaniyati" bilan bog'lagan.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso 2025 yil 1 iyun kuni Madrid klubi boshqaruvini qo'lga olgan edi. U ishdan bo'shatilgan vaqtda "Real" La Liga turnir jadvalida ikkinchi, CHempionlar Ligasida esa ettinchi o'rinda borayotgan edi.
Fikrlar