25 jan 19:14
Yangiliklar
Xabi Alonso "Liverpul" bilan muzokaralar olib bormoqda, Slotning kursisi qimirlab qoldi
"AS" nashri xabariga ko'ra, "Liverpul" rahbariyati ispaniyalik mutaxassisning vakillari bilan aloqaga chiqqan.
Manbaning takidlashicha, tomonlar o'rtasidagi dastlabki muzokaralar ijobiy ruhda o'tgan. Xabi Alonso o'z vaqtida futbolchi sifatida to'p tepgan jamoasiga murabbiy bo'lib qaytishga "qatiy qaror qilgan". Mersisaydliklar esa Alonsoga nafaqat mutaxassis, balki klub afsonasi sifatida katta hurmat va ehtirom bilan qarashmoqda.
Qayd etilishicha, jamoaning hozirgi natijalari amaldagi bosh murabbiy Arne Slotning kelajagini xavf ostida qoldirmoqda. "Liverpul"ning har bir omadsiz o'yini Xabi Alonsoning tayinlanishini yaqinlashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Alonso o'tgan yozda "Real Madrid" boshqaruviga kelgan edi, biroq joriy yilning 12 yanvar kuni "qirollik klubi" u bilan xayrlashganini elon qildi. Hozirda "Liverpul" APLda 23 ta o'yindan so'ng 36 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar