21 jan 17:51
Yangiliklar
Futbol
Xabi Alonso "Liverpul"ni boshqarishga tayyor!
"Bayer" va "Real" sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso mersisaydliklar ustoziga aylanishi mumkin.
Bu haqda Indykaila News o'z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ispaniyalik mutaxassis o'z kuchiga ishonmoqda va "Liverpul"ning amaldagi tarkibi bilan jahon darajasidagi jamoa tuza olishiga ko'zi etmoqda. Hozircha "qizillar" rahbariyati tomonidan Alonsoga rasmiy taklif bo'lganmi yoki yo'q — bunisi nomalum.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso 2025 yilning yozidan beri "Real"da ishlab kelayotgan edi, biroq yaqindagina istefoga chiqarildi. Uning o'rnini boshqa bir sobiq madridlik Alvaro Arbeloa egalladi. Hozirda "Real" La Liga turnir jadvalida 20 o'yindan so'ng 48 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar