19 jan 17:59
Yangiliklar
Futbol
Xabi Alonsoning qaysi klubda faoliyatini davom ettirishi mumkinligi aytildi
"Real" sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso "Ayntraxt" (Frankfurt) klubida ishini davom ettirishi mumkin.
Bild nashriga ko'ra, frankfurtlik klub ispan mutaxassisini ishga taklif qilishga qiziqish bildirmoqda.
Malumotlarga ko'ra, "Ayntraxt" sport direktori Markus Kreshe Xabi Alonso bilan uchrashish va uning bosh murabbiy etib tayinlanishini muhokama qilishni xohlamoqda.
O'tgan yozda Alonso "Real" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan edi, ammo 12 yanvar kuni klubni tark etdi.

Havola :
Fikrlar