06 apr 10:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib aniq bo'lmaydi! Uayt UFC 249 turniri o'tkazilishini tasdiqladi
UFC prezidenti Dana Uayt uzil-kesil barchani qiziqtirgan savolga javob berdi.
Uaytning aytishicha, 18 aprel kuniga belgilangan UFC 249 turniri o'z vaqtida aniq o'tkaziladi. Lekin oqshomning markaziy jangi engil vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Xabib Nurmagomedovsiz o'tadi.
Dana Uayt mashhur insayder Ariel Xelvani bilan Twitter sahifasida muloqot uyushtirdi va suhbat chog'ida Xabibning AQSHga uchib kelishi haqidagi xabar yolg'on ekanini urg'uladi.
"Yolg'on! Turnir o'tkaziladi, lekin unda Xabib bo'lmaydi. Ertaga janglar ro'yxatini elon qilaman", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar