03 iyu 11:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib bilan qo'l berib ko'rishishiga rad javobini olgan boshlovchi qiz bunga javoban nima deganini aytdi
PSJ va "Inter" klublari o'rtasidagi Evropa CHempionlar ligasining final uchrashuvidan so'ng teleboshlovchi Keyt Skott so'rashmoqchi bo'lib Nurmagomedovga qo'l uzatgan, lekin Xabib o'z odatiga ko'ra nomahram bilan qo'l berib ko'rishishdan o'zini tiygandi.
Skott xonim o'sha vaziyatda "salomi"ga "alik" olmagan va buning o'rniga qo'lini o'z ko'ksiga qo'yib, hurmat bajo keltirgan Xabibga nima deb javob qaytarganini ochiqladi: "Uzr, men kechirim so'rayman. Katta rahmat!"
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar