04 apr 08:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: Bu jangdan hech kim menchalik pul yo'qotgani yo'q!
Rossiyalik aralash qoidalar yulduzi Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi o'tkazilmay qolgan jangdan xafa ekanini malum qildi.
"Tushunaman, muxlislarning kayfiyati tushib ketdi. Bu nafaqat muxlislarning, balki o'zimning orzuimdagi jang ham edi. Men bu jangdan ko'p narsa yutqazdim. Juda katta puldan quruq qoldim. Hech kim menchalik ko'p pul yo'qotmadi. Men hali ham bu jangga tayyorman. Oktagonga chiqishni xohlayman. Bu UFC tarixidagi eng katta jang bo'lishi kerak edi", - deya ESPN kanaliga intervyu bergan Nurmagomedov .
Malumot uchun, 31 yoshli Xabib Nurmagomedov MMAda jami 28 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Uning UFCdagi g'alabalari soni 12 tani tashkil etadi. 36 yoshli Fergyuson ham MMAda 28 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 25 tasida g'alabaga erishgan. Hisobida 3 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Fikrlar