17 may 11:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib bugungi g'oliblardan birini tabrikladi + FOTO
Bugun tongda AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida bir hafta ichidagi uchinchi UFC turniri bo'lib o'tdi.
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov UFC Fight Night 172 turniri doirasida nomdor Edson Barbozani mag'lub etishning uddasidan chiqqan Den Igeni g'alaba bilan tabrikladi. Xabib o'z Tvitter sahifasiga Ige bilan tushgan suratini ham joylagan. Ular birga sparring mashg'ulot o'tkazishgan edi.
"Men sen bilan faxrlanaman. Qanday ajoyib jang. Tabriklayman", - deya "Tvitter"da xabar qoldirgan Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar