03 apr 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Fergyusonning kamarni tortib olish haqidagi gapiga munosabat bildirdi
Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonning gaplariga munosabat bildirdi.
Avvalroq, Toni Fergyuson Xabib Nurmagomedovni chempionlik kamaridan mahrum etish lozimligi haqida gapirgandi.
"U shunchaki jinni. Mayli, agar bu mening xatoim bo'lsa kamarni olib qo'ying. O'tgan yili, 2018 yilning aprelida u xato qilgandi, ammo hozir Xabibning emas, koronavirusning xatosi. Bu boshqa-boshqa narsalar", - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, bungacha Xabib va Toni o'rtasidagi jang turli sabablarga ko'ra, 4 marotaba bekor qilingandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar