10 may 11:35
Yangiliklar
Xabib Fergyusonning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi
Toni bugun UFC 249 turnirining markaziy jangida Jastin Getjiga texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berdi.
"No coment (Izohsiz, bez kommentariev)", - deya jang yakunlanishi bilan o'zining "Tvitter" sahifasida xabar qoldirdi Nurmagomedov.
UPD. U oradan biroz vaqt o'tib Instagram orqali yana bir xabar qoldirdi.
"Bu sportda, ayniqsa ushbu vaznda doimo och sherlar bo'ladi. Ular seni poylashadi va ozgina bo'shashsang barchasi tamom bo'ladi. Ular ketishadi va boshqalari kelishadi. Buning hayron qoladigan eri yo'q. Lekin men zarbadan oldin yiqilmayman. Biz hali jang qilamiz", - deb yozdi Nurmagomedov.
Bugungi g'alabasi evaziga Jastin Getji vaqtinchalik UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Bu vaznda to'laqonli chempion esa aynan Xabib Nurmagomedov. Endi juda katta ehtimol bilan Getji - Xabib jangi bo'lib o'tadi.
Fikrlar