13 may 18:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Getji bilan yozda jang qilmoqchi emas, u qachon tayyor bo'lishini aytdi
UFC prezidenti Dana Uayt engil vazn toifasi chempioni Xabib Nurmagomedov bilan muloqotda bo'ldi.
Dana Uaytning aytishicha, Xabib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi kechadigan jangga yoz faslida tayyor bo'lmaydi.
"Men Xabib bilan gaplashdim. U sentyabr oyida jangga tayyor bo'lishini aytdi. Ha, men yoz faslida jang o'tkazilishiga umid qilgandim va shunday fikrda bo'lganimni tan olaman. Lekin sentyabrda dunyo qanday holatda bo'ladi? Koronavirus ustidan g'alaba qozoniladimi? Buni bilmayman. Katta ehtimol bilan jangni maxsus buyurtma qilingan orolda o'tkazamiz. Ammo, hozircha bu orol qaerda joylashganini aytmayman", - dedi UFC prezidenti.
Havola :
Fikrlar