26 may 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Getjiga qarshi jangda ilk mag'lubiyatini qabul qiladi
UFC sobiq chempioni Maykl Bisping Jastin Getji va Xabib Nurmagomedov jangi haqida fikr bildirdi.
«Jastin kuchli jangchi, u Xabibni bemalol mag'lub etishi mumkin. Uning kurashi ham joyida. Malumot uchun, Getji kurash bo'yicha AQSHda chempion bo'lgan. U Xabibning parterlariga qarshilik qila oladigan jangchi. Menimcha, Xabib faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini Jastindan qabul qilib olishi mumkin. Ammo men Xabib mag'lub bo'lishini istamayman, uni juda ham qattiq xurmat qilaman»,-dedi sobiq UFC chempioni.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar