28 apr 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Konordan oldin yana bitta sportchiga qarshi oktagonga ko'tariladi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hali-beri Konor Makgregorga qarshi oktagonga chiqmaydi.
Bu haqida uning menejeri Ali Abdel-Aziz malum qildi.
“Makgregor reytingning to'rtinchi o'rnidan joy olgan. U Xabibga qarshi jang qilishi uchun yana kamida bir yil bor. Xabib Sen-Perga qarshi oktagonga ko'tarilmoqchi, buning imkoni bor. Konorga qarshi jang Sen-Per bilan to'qnashuvdan so'ng bo'ladi”,-dedi Abdel-Aziz.
Eslatib o'tamiz, Xabib navbatdagi jangini Getji-Fergyuson to'qnashuvi g'olibiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar