19 iyu 09:54
Yangiliklar

Xabib koronavirus bilan kurashyotgan otasining holati haqida xabar berdi
Xabibning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining malumotlariga tayangan holda katta Nurmagomedovning hozirgi holati haqida xabar berdi.
"Xabib bilan bu mavzuda gaplashdim. U otasining sog'lig'i ijobiy tomonga o'zgarayotganini aytdi. Quvonarlisi, Abdulmanap koronavirusni engib o'tgan. Endi shifokorlar uning yuragi bilan bog'liq kasallik bilan kurashishyapti. Abdulmanap bir necha yil oldin yuragidan operaciya qilingandi. Buyuk murabbiyning tezroq safimizga qaytishidan umidvormiz", — dedi Mendes Xabibning so'zlaridan iqtibos keltirib.
Eslatib o'tamiz, Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy 25 aprel kuni Dog'istondagi kasalxonaga olib kelingandi. Sog'lig'i yomonlashgach, 3 may kuni maxsus reys bilan Moskvaga etkazilgandi.
Fikrlar