12 may 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib muxlislariga Getji bilan jang masalasida murojaat qildi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov muxlislaridan Jastin Getjiga qarshi jang uchun mukammal vaqt qachonligini so'radi.
"Meni bitta savol o'ylantirmoqda. Sizlar nima deb o'ylaysizlar, Getjiga qarshi jang uchun mukammal vaqt qachon? Qaysi oyda unga qarshi oktagonga ko'tarilishim lozim?", - deb savol bergan Xabib Instagram profilida.
Eslatib o'tamiz, UFC prezidenti Dana Uayt Xabib - Getji jangi avgust yoki sentyabr oyida bo'lib o'tishini elon qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar