19 may 07:31
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov: Duo qilinglar, otamning ahvoli juda og'ir
SHifokorlar o'tkir nafas etishmovchiligi sabab Abdulmanap Nurmagomedovni suniy nafas olish moslamasiga ulab qo'yishgandi. Xabib kecha video murojaat qilib, haqiqatan ham otasining ahvoli jiddiy ekanligini oshkor etdi.
"Internet tarmog'ida otam haqida ko'p yozishyapti. SHu bois ushbu mavzu bo'yicha fikrimni bayon etishni joiz deb bildim. Otam hozir shifoxonada. Ahvoli juda og'ir. Unda koronavirus infekciyasi aniqlandi. Bir yil oldin yuragini operaciya qildirgandik. Virus aynan yurakka tasir o'tkazdi. Buning natijasida yurakda takroriy jarrohlik amaliyoti o'tkazildi. Yaratgandan otamga shifo so'raymiz. Uni oilamiz bag'riga qaytarsin. Otamning sog'lig'iga befarq bo'lmayotgan barchaga rahmat", - deya Instagram sahifasida video murojaat qilgan Xabib.
Eslatib o'tamiz, 57 yoshli Abdulmanap Nurmagomedov 25 aprel uuni shamollash tashxisi bilan Dog'istondagi shifoxonalarning biriga yotqizilgandi. Ahvoli yomonlashgach esa, 3 may kuni Moskvaga olib kelingan edi.
Fikrlar