23 iyu 10:33
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov: Kuzda kamar himoyasi uchun qaytaman
"Mashg'ulotlar har kuni ikki mahaldan o'tkazilyapti. Masalan, bugun ertalab soat 7 da mashg'ulot o'tkazdim. Hozir soat 21 va men kechki mashg'ulotdaman. Otam mening hamisha yaxshi formada bo'lishimni istagan. Aniq bilamanki, uni deb mashg'ulotlarni qoldirsam, mendan yaxshigina xafa bo'ladi. Bunga yuz foiz ishonchim komil.
SHu sababdan ham otamni ko'rgani borganimda, unga mashg'ulotdan kelyapman, deb aytyapman. Bu gaplarni eshitgan otamning yuzida kulgu paydo bo'lyapti. Mashg'ulotdan stressdan xalos bo'lishimga yordam bermoqda.
Nimaga tayyorgarlik ko'ryapman? Men butun umr shug'ullanib kelganman. Otam aytganidek, tayyorlangan otga hamisha musobaqa topilgan. O'ylaymanki, kuzda qaytaman va chempionlik kamarimni himoya qilaman", — dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov reja bo'yicha sentyabr oyida rasmiy davogar, amerikalik Jastin Getjidan chempionlik kamarini himoya qilishi kerak.
Fikrlar