31 iyu 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov: "Menga MakGregor - Meyvezer jangi qiziq emas"
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov Meyvezer-MakGregor jangiga qiziqmayotganligini aytib o'tdi.
"U Floyd Meyvezer bilan jang qiladi. SHuning uchun menga qarshi jang qilish ehtimoli juda past. Lekin, shubhasiz, u men jang qilishni istagan sportchilar ro'yxatiga kiradi. Konor chempionlik kamari egasi. Men esa reytingda birinchi raqamman. Men UFC kamarini qo'lga kiritishni istaydigan ilk rossiyalik sportchi bo'lishni istashimni bungacha ko'p takrorlaganman. Bu amalga oshishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorman.
Jangda kim g'alaba qozonadi?
Bu to'qnashuv menga qiziq emas. CHunki u shou bo'ladi. Jangni tomosha qilaman. SHoular qanday tashkil qilinishi menga qiziq. SHuningdek, Konor o'zini qanday tutishi menga zarar keltirmaydi", - deydi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : sport-express.ru
Fikrlar