14 iyu 08:50
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/15772_220.jpg)
Xabib Nurmagomedov: “Meyvezer bilan Ronaldu ham jang qilsa bo'lardi”
Aralash qoidalar bo'yicha rossiyalik mashhur sportchi Xabib Nurmagomedov amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer hamda UFC chempioni Konor Makgregor o'rtasida o'tkaziladigan jang yuzasidan o'z fikrini bildirdi.
“Meyvezer va Makgrgor o'rtasidagi jang bu shunchaki piar, bu hamma uchun tushunarli holat. Ochig'ini aytsam, menga bu jang qanday yakunlanishi unchalik ham qiziq emas.
Lekin jang translyaciyasini Konor uchun ham tomosha qilaman. CHunki u bilan to'qnash kelishni juda ham istayapman. Darvoqe, Floydga qarshi Krishtianu Ronaldu ham jang o'tkazishi mumkin edi. Bu ham qiziq jang bo'lardi. Ushbu jang ham ikki tomonga katta gonorar olib kelardi”, – dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o'rtasidagi boks jangi 26 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar