21 noy 21:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov MMAni tanlamaganida nima ish qilgan bo'lardi?
Avvalroq saytimiz orqali taniqli MMA jangchisi Xabib Nurmagomedov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari bilan uchrashgani haqida xabar qilgandik.
U uchrashuv davomida talabalar savollariga javob qaytardi. Ular orasida "Agar MMAchi bo'lmaganingizda qaysi kasbni tanlagan bo'lardingiz?" degan savolga Xabib quyidagicha javob berib o'tdi:
"Agar jangchi bo'lmaganimda menimcha pomidor sotgan bo'lardim (zalda kulgi). Bizda odamlar sabzavotlar o'stirishadi. Masalan, maktabda o'qituvchi bo'lib ishlamasdim. CHunki bu men uchun emas. Murabbiy bo'lishim uchun ham sport kerak bo'lardi. Lekin, shunisi aniqki, bekorchi bo'lmagan bo'lardim. Qandaydir ish bilan baribir shug'ullangan bo'lardim".
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar