10 may 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: O'q otilmasidan yiqilmayman!
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bugungi jangda g'alaba qozongan Jastin Getjining fikriga munosabat bildirdi.
Toni Fergyusonni texnik nokautga uchratgan Getji vaqtinchalik UFC chempionligini qo'lga kiritgach, uni otib yuborgandi. Buni u o'ziga haqiqiy chempionlik kamari kerakligi bilan izohlagandi.
"Bizning vaznda hamisha och sherlar bo'lgan. Biroz xotirjamlikka berildingmi, bo'ldi, seni g'ajib tashlashadi. Biri ketib, ikkinchisi keladi. Bu erda hayron qoladigan narsaning o'zi yo'q. Lekin men o'q hali otilmasidan yiqilmayman. Biz hali jang qilamiz", - deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar