23 iyu 07:44
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov otasining holati haqida batafsil malumot berdi
"Otamning ahvoli hamon og'irligicha qolmoqda. U hali ham jonlantirish (reanimaciya) bo'limida bo'lib turibdi. Ha, otam koronavirusni engib o'tdi, lekin virus o'zidan yomon asoratlar qoldirdi. Koronavirus buyrak va yurakka to'g'ridan-to'g'ri zarba bergan.
Men har kuni ertalab uni ko'rish uchun boryapman. SHifokorlar yarim soatga ruxsat berishgan. Muhimi, otam meni taniyapti. Suniy nafas olish moslamasiga ulab qo'yilgani bois, uning yonida ko'p qololmayman. Ota, meni taniyapsizmi, deb so'rasam, ko'zlari bilan tasdiqlayapti.
Ishonchim komil, dunyoning eng yaxshi shifokorlari otamni hayotga qaytarish uchun kurash olib borishyapti. Buning uchun ularga cheksiz minnatdorchilik izhor qilaman. Faqat hozir vaqt kerak. Virus qoldirgan asoratlar juda og'ir. Reabilitaciya uzoq vaqt davom etadi", — dedi Xabib Nurmagomedov Birinchi kanalga bergan intervyusida.
Fikrlar