12 iyu 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov o'zbekistonlik muxlisiga nima uchun rahmat aytdi?
Xabaringiz bor, rossiyalik MMA jangchisi Xabib Nurmagomedov bir necha hafta oldin O'zbekistonga tashrif buyurgandi.
Uning ushbu tashrifi yurtdoshlarimiz tomonidan iliq kutib olindi. Malum bo'lishicha, o'sha kuni yurtdoshimiz sportchiga pichoq sovg'a qilgan ekan.
"Menga Toshkentdagi bozorda mana shunday pichok sovg'a qilishgandi. Odam ko'pligidan rahmat ayta olmagandim. Senga rahmat, o'zbekistonlik!", - deya xabar qoldirgan Xabib instagramdagi sahifasida.
Uning joylagan suratida ushbu voqea Toshkentdagi "Oloy bozori"da bo'lganini bilib olishimiz mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar