24 may 15:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov Samarqandga tashrif buyurdi
Mashhur UFC sportchisi Xabib Nurmagomedov ayni paytda O'zbekistonda ekanligidan xabaringiz bor.
Bundan bir necha kun oldin bir qancha MMA sportchilari ishtirokida Toshkentda matbuot anjumani bo'lib o'tgandi. O'sha matbuot anjumanida u Samarqand, Buxoro kabi tarixiy shaharlarimizga ham aylangani borishini malum qilgandi.
Ayni paytda u jamoadoshlari bilan birgalikda sharq gavhari hisoblangan Samarqand shahriga tashrif buyurgan. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga aynan ushbu suratini joylagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar