22 noy 19:00
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov Toshkentda jang qilishga qarshi emas
Ushbu anjumanda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ham ishtirok etdi. U tadbirda Toshkentda jang o'tkazishga qarshi emasligini aytib o'tdi.
O'z janglaringizdan birini "Humo Arena"da o'tkazgan bo'larmidingiz?
-"Humo Arena" UFC turnirini o'tkazish uchun mos keladi. Masalan, bir necha kun oldin Moskvada 11 ming kishi sig'adigan "CSKA Arena"da turnir tashkil etildi. "Humo" esa jahon saviyasidagi arena va unga 12 ming odam sig'adi. U erda bemalol yirik musobaqalarni o'tkazsa bo'ladi. Agar UFC jangni shu erda tashkil etsa, men albatta shu erda jang qilishga qarshi emasman. Agar kelajakda O'zbekiston MMA federaciyasi bu borada UFC bilan kelisha olsa, men jon-jon deb bu erda jang qilgan bo'lardim. Dog'istonda bunday saviyadagi arena yo'q. SHuning uchun, "Humo"da jang qilishga qarshi emasman. Bu erga dog'istonlik ko'plab hamyurtlarim ham kelishlari mumkin bo'lardi", - dedi Xabib.
Fikrlar