20 noy 19:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedovni birgalikda kutib olamiz
Xabaringiz bor, 23 noyabr kuni Toshkentda uzoq kutilgan, O'zbekiston tarixidagi ilk MMA oqshomi bo'lib o'tadi.
Birozdan so'ng GFC 20 turnirining bosh mehmoni Xabib Nurmagomedov poytaxtimizga etib keladi. Aniqrog'i, soat 22:00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida UFC chempionini tantanali kutib olish marosimi tashkil etiladi.
Barcha xohlovchilarni eski terminal VIP chiqishi oldida kutib qolamiz!
Mo'ljal: Aeroport ko'prigidan tushilgan zahoti uchib ketish terminalining VIP chiqishi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar