14 may 04:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedovning otasi koma holatiga tushib qoldi
Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov Moskvadagi kasalxonada og'ir axvolga tushib qoldi.
Bu haqida uning shogirdi Islam Maxachev malum qildi.
"Men Xabib bilan xar kuni gaplashib turibman. Undan Abdulmanapning ahvolini so'rab turaman. Uning aytishicha otasi og'ir ahvolda.
U bilan Dog'istondaligida qo'ng'iroqlashgandik. Barchasi joyidaligini aytgandi. Lekin keyin uni Moskvaga olib kelishdi. Hozir ahvoli og'ir", - dedi Maxachev.
"Abdulmanapning ahvoli juda yomon, u Moskvada komada. Uni Dog'istonda noto'g'ri davolashgan. Keyin samolyotda Moskvadagi harbiy gospitalga olib borishdi. U erga yaqinlarini ham kirgazishmayapti", - dedi manbalardan biri.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar