14 may 11:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedovning otasiga tashxis qo'yildi
Xabaringiz bor, UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi, ham murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov koma holatidan chiqqan edi.
Mash telegram-kanalining xabar berishicha, shifokorlar katta Nurmagomedovga tashxis qo'yishgan. Xabarda aytilishicha, 57 yoshli murabbiyning shamollashi kuchayib, kuchli pnevmoniyaga aylangan. Tomirlarida qon quyulib, trombga aylangan. Gipertonik kriz esa insult, yani miyaga qon quyulishiga olib kelgan.
Garchi Abdulmanap Nurmagomedov koma holatidan chiqqan bo'lsa-da, uning hozirgi holati og'ir deya hisoblanmoqda. 25 aprel kuni shamollash tashxisi bilan Dog'istondagi kasalxonalarning biriga joylashtirilgan murabbiy 3 may kuni holati jiddiylashganidan so'ng Moskvaga etkazilgan edi.
Havola :
Fikrlar