10 iyu 18:00
Yangiliklar

Xabib otasini ko'rish uchun Moskvaga bordi
Bu haqida Fight Nights Global promousheni prezidenti Kamil Gajiev xabar berdi. Mana bir necha kundirki, 57 yoshli Abdulmanap Nurmagomedov koronavirus sababli Moskvadagi gospitalda davolanmoqda.
"Vaziyatning to'liq detallarigacha bilmayman. Lekin Abdulmanapning sog'lig'ida ijobiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Xabibning o'zi ham otasini shaxsan ko'rish uchun Moskvaga borgan. Hozir u qaerda bilmayman. Balki, hali ham o'sha erdadir", — deya Gajievning so'zlarini keltirmoqda Sport24.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Xabib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdul-Aziz katta Nurmagomedov ko'zini ochgani va avvalgidan o'zini yaxshi xis qilayotganini aytgan edi. Xabibning otasi 3 may kuni Moskvadagi gospitalga olib kelingandi.
Fikrlar