01 may 14:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: O'zimni anchadan beri bunday yaxshi his qilmagandim
Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Xabib Nurmagomedov UFC 249 kechasi uchun qanday tayyorgarlik olib borganini esladi.
"Bu faoliyatimdagi eng yaxshi mashg'ulot vaqti bo'lgandi. O'zimni hech qachon bunday yaxshi his qilmagandim. Keyingi safar yanada yaxshiroq bo'lib qaytishga vada beraman", - dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov 18 aprel kuni navbatdagi jangini Toni Fergyusonga qarshi o'tkazishi lozim edi, ammo koronavirus sababli jang beshinchi marotaba bekor bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar