01 apr 21:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib - Toni jangi uchun MDH shahri tavsiya qilindi
Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi jangi mezbonligi uchun yana bir shahar tavsiya qilindi.
Xabibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov tashkilotchilarga o'g'li ishtirokidagi jangni Belarus davlatida o'tkazish taklifini berdi.
"Xabib - Toni jangi 18 aprel kuni o'tkaziladimi? Bu savolga aniq javob bera olmayman. Lekin biz tayyorgarlikni to'xtatmayapmiz. Bizga shahar va jang manzilini ayting.
Rossiya tomoni Qozon, Ekaterinburg va Moskvani tavsiya qildi. Biz jangning Abu-Dabida bo'lishini xohlagandik. Balki, barcha kutayotgan jangni Belarusda o'tkazarmiz. Bu eng optimal variant", - dedi katta Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar