23 noy 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Toshkentdagi uchrashuvda qaysi MMAchini eng kuchli deb hisoblashini aytdi
Xabar berib o'tganimizdek, UFC chempioni Xabib Nurmagomedov shu kunlarda Toshkent shahrida bo'lib turibdi.
U tashrifi davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida unga qaysi UFC jangchilarini eng kuchli deb hisoblashi haqidagi savolga javob berib o'tdi.
"UFCda Jorj Sen-Per oktagon va uning tashqarisida chempion. Ikkinchi o'rinda Jon Jons, uchinchi o'ringa esa 11 marotaba kamarini himoya qilgan Demetrius Jonsonni qo'yaman. Ammo UFCdan tashqarida, MMA olamida Fedor Emelyanenkoni eng kuchli deb hisoblayman",-dedi Xabib.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar