10 iyu 13:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib uchta chempionlik jangida kimlar g'alaba qozonishini taxmin qildi
Xabaringiz bor, 11 iyul kuni Abu-Dabi shahrining "Jangchilar oroli"da UFC 251 kechasi bo'lib o'tadi.
Ushbu kechada bir yo'la uchta chempionlik jangi bo'lib o'tadi. Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov uchta chempionlik jangida kimlarning g'alaba qozonishini taxmin qildi.
“Kamaru Usman, Yan, Xollouey“, - deb yozib qoldirgan Xabib o'zining “Instagram” sahifasida.
Eslatib o'tamiz, UFC 251da Kamaru Usman — Gilbert Berns, Petr Yan — Joze Aldu va Aleks Volkanovski — Maks Xollouey juftliklari o'rtasida chempionlik janglari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar