28 iyu 15:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Zubayra bilan birga mashg'ulot o'tkazyapti
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov do'sti va sherigi Zubayra Tuxugov bilan birga mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
"Elkadoshim Zubayra Tuxugov sentyabr oyidagi jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bugun qiziqarli va qiyin kun bo'ldi", - deb yozib qoldirgan Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib navbatdagi jangini 19 sentyabr kuni Jastin Getjiga qarshi o'tkazadi. Zubayra qachon va kimga qarshi jang qilishi hali aniq emas.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar