25 may 08:15
Yangiliklar

"Xabibga qarshi jang - afsonaga aylanish imkoniyatidir"
"Agar yana qaytishga qaror qiladigan bo'lsam, ishonchim komil, yana chempion bo'la olardim. Qaytsam juda muhim sabab bilan - engilmas, xech kim mag'lub eta olmaydigan sportchiga qarshi jang uchun qaytishim kerak. Xabib Nurmagomedovga qarshi jang? Endi Xabibning engilmaslik aurasi bor. Unga qarshi jang - afsonaga aylanish imkoniyatidir. Men ketgunimcha, biz ushbu jangni tashkil etishga harakat qildik, Xabib ham buni istagandi. Biz harakat qildik. Afsuski, buni UFC istamadi. Ularda Xabib bilan bog'liq boshqa rejalar bor edi", - dedi Sen-Per.
Malumot uchun, Xabibda MMA rekordi 28 ta jang 28 ta g'alabani tashkil etadi. Sen-Per ham faoliyati davomida 28 ta jang o'tkazgan. Lekin, 2 marotaba mag'lub bo'lgan.
Fikrlar