01 apr 18:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning AQSHga borish uchun imkoniyati bor, ammo Rossiyaga qaytishda unda muammolar bo'lishi mumkin
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Toni Fergyuson bilan jang qilish uchun AQSHga borishi mumkin.
Bu haqida Rosaviaciya matbuot-xizmati xabar berdi.
"Xabib hususiy samolyotda AQSHga borishi uchun unga xizmat ko'rsatadigan kompaniya Rossiyadan AQSHga uchish uchun ruxsat olishi lozim. Bunday parvozlarni amalga oshiradigan kompaniyalar o'sha erga borib, chegarada qolib ketmaslik uchun odatda qanday hujjatlar kerakligini bilishadi.
Biznes-aviaciya uchun hozircha Rossiyada cheklovlar yo'q. Ruxsat asosida AQSHga borish mumkin.
Ammo dushanba kuni Rossiya Federaciyasi hukumati tezkor shtabi tomonidan koronavirusni oldini olishga qaratilgan hujjatda uchish uchun taqiqlar bor.
SHu sababli, unda qaytish bilan bog'liq muammolar bo'lishi mumkin", - deyiladi Rosaviaciya bayonotida.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar