30 iyu 09:56
Yangiliklar

Xabibning bir kunlik tadbirlarga tashrifi qancha turishi malum qilindi
Nashr hisob-kitobiga ko'ra rossiyalik chempion 2019 yilda 16,5 million dollar ishlab topgan. Bu summaga Xabibning tijoriy tadbirlarga borishi ham kiritilgan. Lekin Nurmagomedovning menejeri Ali Abdul-Aziz mijozining daromadi Forbes aytgan summadan ko'proq ekanini aytmoqda.
"Nurmagomedov har oy tadbir ishtirokchisi, spiker bo'lish, konferenciya, turnirlarda ishtirok etib berishi bo'yicha yuzlab moliyaviy takliflarni oladi. Forbes Xabibning bunday tadbirlarning har bir kuni uchun 78 ming dollar oladi deb malumot bergan. Lekin u eng kamida 300 ming dollarga Rossiyadan tashqaridagi tadbirlarga boradi", - dedi Abdul-Aziz.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov o'tgan yili noyabr oyida poytaxtimizdagi "Humo Arena"da o'tkazilgan yubiley GFC 20 turniriga tashrif buyurgandi. U GFC promoushenining yuzi hisoblanadi. Bu Xabibning Toshkentga birinchi tashrifi emas. Undan oldin ham UFC yulduzi bir necha bor poytaxtda mehmon bo'lgan edi.
Fikrlar