23 iyu 19:29
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xabibning jismoniy holati yana 6-7 yil jang qilishga imkon beradi"
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdi yana necha yil yuqori sport formada bo'lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
"Xabibning jismoniy holati shu darajada kuchliki, u yana bemalol olti-etti yil yuqori tempda jang qilishi mumkin. Lekin u o'zi buni xohlashi lozim. Xabib juda kuchli va bardoshli sportchi", - dedi Xaver Mendes.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli UFC chempioni professional faoliyati davomida 28 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar