14 apr 08:33
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/114375_220.jpg)
Xabibning Konorni bo'g'ayotgan holatini tarixga muhrlagan UFC fotografi koronavirusdan vafot etdi
UFC fotografi Entoni Kausi 49 yoshida koronavirus sababli vafot etdi deb xabar bermoqda BJ Penn.
Kausi Nurmagomedov - Makgregor jangini o'z obektivida tarixga muhrlagan edi. Ayniqsa, uning UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning parterda Konorni bo'g'ib turgan surati juda mashhur bo'lib ketgan edi.
Kausining suratlari New York Post nashrida bosilardi. 22 mart kuni Kausi "Instagram"ga gospitalda ekanligini bildiruvchi surat joylagandi.
Havola :
Fikrlar