16 may 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning murabbiyi: Bu jang biz uchun yomon yakunlanishi mumkin
Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes Jastin Getji qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
“Bitta savol. Getji bizning hujumlarimizni qaytara oladimi? Agar u Xabibning kurash usullariga hech qanday qarshilik ko'rsata olmasa, u mag'lub bo'lishi aniq. Lekin Jastin hozircha hech bir jangchi qila olmagan ishni uddalay olsa, bu jang biz uchun yomon natija bilan yakunlanishi mumkin”, - dedi Mendes.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UFC rahbari Xabib - Getji chempionlik jangi sentyabr oyida o'tkazilishini malum qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar