23 may 09:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning murabbiyi: Getji biz uchun muammo emas
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining Jastin Getjiga qarshi jangi haqida fikr bildirdi.
“Getjning qandaydir ajratib ko'rsatadigan jihati yo'q, u biz uchun muammo emas. Fergyusonning jang uslublari unikidan ancha ko'proq edi. Eslasangiz, ikkinchi raundning so'nggida Toni Jastinni nokdaun qilishga erishdi va agar vaqt tugab qolmaganida barchasi boshqacha bo'lishi aniq edi.
Jastin — kuchli jangchi va pancher, uning oyoq zarbalari ham yaxshi. U faoliyati davomida atigi ikki marta imkoniyatni boy bergan. O'sha mag'lubiyatlar ham xatosi sababli emas, balki ahmoqliklari "mevasi". Agar u aqlliroq jang qilganida, hozir engilmas jangchilar qatorida turgan bo'lar edi”, - dedi Mendes.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar