28 apr 13:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning otasi "Instagram"da xabar qoldirdi
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi, ham murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov kasalxonaga tushib qolgandi.
Katta Nurmagomedov o'zining holati haqida "Instagram"dagi sahifasida xabar qoldirdi. 57 yoshli Abdulmanap shifokorlarga minnatdorchilik bildirgan.
"Tibbiyot xodimlariga rahmat aytaman. Oq xalatdagi jangchilar va qutqaruvchilar", - deya "Instagram"da "post" qoldirgan Nurmagomedov.
O'z o'rnida obunachilar Nurmagomedovga sog'liq tilashgan. Xabibning otasi qattiq shamollab qolgani uchun uch kun avval kasalxonaga yotqizilgan edi.
Havola :
Fikrlar