06 may 11:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning otasi maxsus bortda Moskvaga olib ketildi
Avval xabar berganimizdek, Xabib Nurmagomedovning otasi shamollash tashzisi bilan Maxachqaladagi kasalxonalarning biriga joylashtirilgandi.
So'nggi malumotlarga qaraganda, 57 yoshli Abdulmanap Nurmagomedov maxsus bort bilan Moskvaga olib ketilgan. Bu haqida RIA Dagestan axborot agentligi Nurmagomedovlarning oilaviy do'sti Ubaydulla Osmanovga tayanib xabar bermoqda.
"Bir necha kun oldin men Abdulmanap bilan gaplashgandim. U o'zini yaxshi his qilayotganini aytgandi. Ammo, 3 may kuni uning yaqin qarindoshlaridan biri menga qo'ng'iroq qilib, Xabibning otasi o'zini birdan yomon his qila boshlagani va uni zudlik bilan Moskvaga olib ketishgani xabarini berdi. Menimcha, Abdulmanapning yuragi bilan bog'liq muammo yuzaga kelgan", - dedi Osmanov.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar