03 iyu 18:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning otasi o'z qishlog'iga dafn etiladi
Xabar berganimizdek, bundan bir necha soat avval Xabib Nurmagomedovning otasi koronavirusdan vafot etgan edi.
Abdulmanap Nurmagomedov 25 aprel kuni Dog'istondagi kasalxonga yotqizilgandi. Unga shifokorlar koronavirus tashxisini qo'yishgandi. Sog'lig'ida o'zgarish bo'lavermagach, uni 3 may kuni maxsus reys bilan Moskvaga olib kelishgan edi.
Nurmagomedovning kattasi koronavirusdan forig' bo'lgandi. Ammo, uning yurakka bergan asorati o'z so'zini o'tkazmay qolmadi va bugun, muborak juma kuni chempionlar ustozi boqiy dunyoga rihlat qildi.
"Farzandlar aeroportga ketishdi. Abdulmanapning yaqinlari, qarindoshlari etib kelishgan. Sekin-asta odam to'planyapti. Ulgursak bugun yoki ertaga uni Kirovaul qishlog'iga dafn qilamiz", - dedi qishloq raisi Ilyas Xaziev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar