21 may 13:45
Yangiliklar

"Xabibning otasiga 10 kun davomida Dog'istonda deyarli qarashmadi"
Hozircha 57 yoshli Abdulmanap Nurmagomedov koma holatida qolyapti va suniy nafas olish uskunasiga ulab qo'yilgan. Fight Nights Global promouterlik kompaniyasi rahbari Kamil Gadjievning aytishicha, Abdulmanap Nurmagomedovga Dog'istondagi shifoxonada deyarli qarashmagan.
"Dog'istondagi kasalxonalar koronavirusga qarshi kurash uchun tayyor emasdi. Abdulmanap 10 kunga yaqin Dog'istondagi shifoxonada qolgan bo'lsa, unga tayinli qarashgani yo'q. Bu shifokorlarning aybi emas. Dog'istonda kerakli tibbiy uskunalar yo'q. Aksiga olib, uning yuragida ham muammosi bor edi. Kasallikni ko'tara olmagani uchun vaziyat jiddiylashib ketdi. COVID birinchi zarbani aynan insonning kasal organiga beradi. Mendagi malumotga ko'ra, Abdulmanap suniy nafas olish uskunasiga ulab qo'yilgan va afsuski, hozircha ijobiy tomonga o'zgarish ko'rinmayapti", — deya Gadjievning so'zlarini keltirmoqda "Sport-ekspress" nashri.
Fikrlar