10 avg 07:59
Yangiliklar
Tennis
Xachanov Monrealda Zverevni mag'lub etdi, endi 1/2 finalda "derbi" bo'ladi
Sayyoramizning sakkizinchi raketkasi Karen Xachanov Kanadaning Monreal shahrida o'tkazilayotgan turnirning yarim finaliga yo'l oldi.
Rossiyalik tennischi chorak final uchashuvida reytingda o'zidan bir pog'ona yuqorida turgan germaniyalik raqibi Aleksandr Zverevni ikki setda ham bir xil 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 1 soatu 14 daqiqa davom etgan.
Karen bu vaqt oralig'ada 5, Aleksandr esa 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikki tennischining o'zaro uchrashuvlaridag hisob esa tenglashdi - 2:2. Endi Rogers Cup turnirining yarim finalida o'ziga xos derbi bo'ladi. Xachanov hamyurti Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar