12 iyu 09:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Xadis Ibragimov "Jangchilar orolida" oktagonga ko'tariladi, raqib ham malum
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq M-1 ligasi chempioni, UFC jangchisi Xadis Ibragimov "Jangchilar oroli"da oktagonga chiqadi.
Uning navbatdagi jangi 18 iyul kuni Abu-Dabidagi orolda bo'lib o'tadi. Ibragimovning raqibi Roman Dolidze bo'lib, UFC debyutanti hisoblanadi. Ushbu jang Xadis uchun UFCdagi uchinchisi bo'ladi.
Bundan avvalgi ikkala jangida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Oxirgi jangini 2019 yilning noyabr oyida Moskvadagi UFC Fight Night turnirida Ed Xermanga yutqazib qo'ygan edi. Dolidze esa MMAda o'tkazgan 6 ta jangining barchasida zafar quchgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar