08 mar 16:34
Yangiliklar
Tennis
Xalep deyarli ikki yillik tanaffusdan so'ng qaytmoqda, unga wild card berildi
Mayamida o'tkaziladigan WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir tashkilotchilari dunyoning sobiq birinchi raketkasi Simona Xalepga imtiyozli yo'llanma berishdi.
Ushbu turnir 19-30 mart kunlari AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadi. Ruminiyalik tennis malikasi doping sabab diskvalifikaciya qilingan va 2022 yilning avgust oyidan beri musobaqalarda ishtirok etmayotgandi.
"Mamnuniyat bilan ikki haftadan so'ng WTA-Turga qaytishimni elon qilaman. Miami Open turniri tashkilotchilari menga asosiy to'rda qatnashish huquqini beruvchi wild card chiptasini taqdim etishdi. Bu onlarni sabrsizlik bilan kutyapman. Tez orada ko'rishguncha!", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar yozib qoldirgan Xalep.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar