12 iyu 11:36
Yangiliklar
Tennis
Xalep xonim nima uchun Jokovich bilan raqs tushmaganini aytdi
Ruminiyalik tennis malikasi Simona Xalep "Uimbldon-2019"dagi chempionlik onlarini esga oldi.
"Orzuim ro'yotga chiqdi. Ota-onamning xursandchiligi ham bir olam edi. Hamma Uimbldon chempioni bo'lishni istaydi. Lekin men hech qachon bu musobaqani yuta olmasam kerak deb o'ylardim. O'z kuchimga ishonch yo'q edi. Endi chempionlik unvoni kamida ikki yil menda bo'ladi. Bu yil ham menga turnir kepkasi va sochig'ini jo'natishdi. SHunday ekan, bayram davom etadi.
Darvoqe, chempionlik uchrashuvidan so'ng Novak Jokovich raqsga tushishni taklif qilgandi. Lekin men unga rad javobini bergandim. O'sha paytda g'alabadan keyingi hayajon so'z bilan etkazib berib bo'lmas darajada edi. Yiqilib tushishdan qo'rqqandim. SHu omillar sabab Novakka "Yo'q!" degandim", - dedi Xalep.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar