23 okt 20:25
Yangiliklar

Xalqaro stol tennisi federaciyasi (ITTF) bolalar stol tennisining tuzilmasiga o'zgartirish kiritdi
Xalqaro stol tennisi federaciyasi (ITTF) bolalar stol tennisining tuzilmasiga o'zgartirish kiritdi.
Endilikda bolalar stol tennisi ikkita darajaga bo'linadi: WTT Youth Contenders va WTT Youth Star Contenders. Bu tuzilmalar WTT'ning qolgan musobaqalarini birlashtiradi. Yangi tuzilmalar bolalar sportida raqobatni oshirish va yosh iqtidor egalarini o'zini ko'rsatishga imkon berish maqsadida tashkil etildi.
WTT'ning yoshlar o'rtasidagi musobaqalari U11, U13, U15, U17, U19 yosh toifalarida bo'lib o'tadi. Yoshlar o'rtasidagi musobaqalarga mezbon bo'lish istagini bildirgan federaciyalar 15 noyabrga qadar ariza yuborishlari lozim. Yoshlar o'rtasidagi turnirlar pandemiya sababli kelasi yilning dastlabki uch oyida tashkil etilmaydi va musobaqalar 2021 yilning aprel oyidan boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar